Школы

напишите мне сочинение на узбекском языке barkamollik sari

Ухахахаха! Это же российский портал! Хто тебе горе афтар это счас писать здесь будет?
ЕШ
Екатерина Шеховцова
59 218
Лучший ответ
Если не сложно отпишись потом: помогли тебе или нет.
СЛ
Свет Лана
2 510
Istiqlol davrida har bir kelayotgan yilimizni unga yangi ma'no va mazmun bag`ishlovchi nom bilan atash ajoyib an'anaga aylanib qoldi. Bu esa muhtaram Yurtboshimizning mamlakat fuqarolari hamda butun jamiyat manfaatini ko`zlab, ularni ezgu rejalarga safarbar etish, pirovardida moddiy va ma'naviy to`kislikka erishish yo`lidagi homiy jonkuyarligining yaqqol ifodasidir.

Mamlakatimiz Konstitutsiyasining 17 yilligiga baqishlangan tantanali marosimda Prezident Islom Karimovning tashabbusi bilan 2010 yil "Barkamol avlod yili" deb e'lon qilindi. Yangi yilimizga ulug` niyat bilan "Barkamol avlod yili" deb nom berilishi mohiyatida necha-necha asrlarning orzu-armonlari o`z ifodasini topgan. Yurtboshimiz rahnamoligida olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli ko`p jihatdan yoshlar, o`smirlar tarbiyasi masalasiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yurtboshimiz "Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo`lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi" degan gapni ko`p bor takrorlaydi.

2010 yilda yosh avlodning ta'lim-tarbiyasi, ularning sog`lik-salomatligin mustahkamlash, umuman barkamol avlodga g`amxo`rlik borasida yanada salmoqli yumushlarni amalga oshirish ko`zda tutilmoqda. Albatta, bu e'tibor va g`amxo`rlik - kelajagi buyuk O`zbekistonni qurish, yurtimizning ilg`or taraqqiy topgan davlatlar qatoridan o`rin olishi, ulug`vor niyatlarimizning ro`yobga chiqarishi ko`p jihatdan dilbandlarimiz - kelajagimiz egalari zimmasiga tushadi.

Barkamol avlodga bag`ishlab buyuk qomusiy olimlar, mutafakkir va allomalar, olimlar, shoir va yozuvchilar yaratgan qator risolalar, davlatimiz tomonidan qonun, farmon, qarorlari, me'yoriy-huquqiy hujjatlar ham chop etilgan. Vaqtli matbuot sahifalarida yoshlar va ularga bag`ishlangan mavzularni yorituvchi maqolalar berib borilmoqda.

Axborot-kutubxona muassasalari kelajagimiz bo`lmish yoshlar, ularning bugungi kundagi o`qishi va ta'lim olishi, ma'naviy kamol topishi, baxtli kelajagi, davlatimizning ularga bildirgan yuksak ishonchini oqlashiga qaratish va kitobxonlar o`rtasida targ`ib qilishlari lozim. Bu ishda mutaxassislar ommaviy tadbirlarning turli shakl va usullaridan foydalanishlari mumkin.

Ushbu metodik-bibliografik qo`llanmada "Barkamol avlod yili"ga bag`ishlangan tadbirlarni o`tkazishda mutaxassislarga yordam berish maqsadida tuzilgan.

Похожие вопросы