Taksafon qanday ochish mumkin O'zbekistonda?

NewsUz.Com. Rossiya ta'lim va fan vazirligi Shanxay Hamkorlik tashkiloti davlatlari universitetlari bergan diplomlarni so‘zsiz tan olish bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirishlar tayyorlamoqda. Bunga muvofiq O'zbekistonning ayrim oliy o‘quv yurtlari diplomlari ham Rossiyada shartli jarayonlarsiz amal qilishi mumkin.

Hozircha aynan qaysi oliy o‘quv yurtlari diplomi tan olinishi ochiqlanmagan. Rossiya ta'lim va fan vazirining o‘rinbosari Igor Remorenko 2011 yilning yakuniga qadar diplomi maqbul deb tan olinadigan universitetlar ro‘yxati e'lon qilinishini aytgan.

Ayni paytda Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, xorijiy davlatda ta'lim olgan fuqaro bu boradagi zarur hujjatlarni rasmiylarga taqdim etadi va maxsus ekspertizadan keyingina uning xorijiy diplomi tan olinadi yoki rad etiladi. Mazkur jarayon bir necha oyga cho‘zilishi mumkin.

Olam.uz portaliga ko‘ra, ayni paytda Shanxay Hamkorlik tashkiloti universitetini tashkil etish g‘oyasi ham ilgari surilmoqda. Mazkur g‘oyaning mohiyati shundaki, SHHT hududidagi oliy o‘quv yurtlarini bitirgan mutaxassislarga grant asosida o‘z bilimini yanada mustahkamlash imkoni beriladi. SHHT doirasida universitet ochish tashabbusi tillarni mukammal o‘rganish, tashkilot doirasida integratsiyani yanada kuchaytirish va xalqaro tajribani ommalashtirish maqsadini ko‘zlagan.